
Anchelotti Braziliyada ish boshlashi mumkinmi? Murabbiyning o‘zi javob berdi
“Real” Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasida ish boshlashi haqida xabarlar ko‘paymoqda. Italiyalik mutaxassisning o‘zi ushbu holatga oydinlik kiritib o‘tdi.
“Men hech narsa bilmayman, hatto Braziliyada nima yangiliklar bo‘layotganligini ham bilmayman”
“Men “Real” Madrid bosh murabbiyiman va shartnomam 2024 yilgacha amal qiladi”, - dedi Anchelotti.
Mish-mishlarga ko‘ra, madridliklar agarda Karlo klubni tark etsa, uning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan mutaxassislarni ko‘rib chiqmoqda. Variantlar orasida Xabi Alonso, Zidan va Tomas Tuxel bor.
Fikrlar