Anchelotti bu transferga mutlaqo qarshi

  • 19.08.2022 14:35
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Kazemironing “Manchester Yunayted”ga o‘tishidan norozi, deb xabar beradi “El Chiringuito” nashri.

Nashrga ma’lum bo‘lishicha, italiyalik mutaxassis braziliyalik futbolchini jamoaning muhim o‘yinchisi deb biladi va uning sotilishiga mutlaqo qarshi. Anchelottining fikricha, "qaymoqranglilar" braziliyalikning o‘rniga munosib o‘rinbosar topishga ulgurmagan.

Avvalroq OAVda “Manchester Yunayted” Kazemironi 60 million evroga sotib olishi haqida xabarlar tarqalgandi. Mankunianliklar futbolchi bilan shartnoma shartlarini kelishib olishgan. "Old Trafford"da yarim himoyachi haftasiga 400 ming evrodan ko‘proq maosh oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!