
Anchelotti nima uchun MYu taklifiga rozi bo‘lmagandi?
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Manchester Yunayted"ga kelish taklifini rad etgani haqida gapirib berdi.
"Aleks Fergyuson bilan munosabatlarimiz hali hamon juda yaxshi. U MYudan ketayotganida menga jamoa boshqaruvini taklif qildi, bu mavzu bo‘yicha uchrashib ham olganmiz. Biroq men "Real" bosh murabbiyi bo‘lishga yaqin turgandim, shu sabab uning taklifiga rad javobini berganman. O‘shandan buyon MYuga o‘tish imkoniyati boshqa bo‘lmadi", - deydi Anchelotti.
"Manchester Yunayted" bugun Angliya liga kubogi chorak finali doirasida "Everton" bilan bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar