Anchelotti o‘rniga “Real” ko‘pchilik unutib yuborgan murabbiyni chaqiryapti
“Liverpul” bilan katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan Yurgen Klopp murabbiylik faoliyatini tuo‘xtatganidan keyin muxlisu mutaxassislar nazaridan chetda qoldi.
TBR Football nashrining yozishicha, germaniyalik mutaxassis yana murabbiylik faoliyatini tiklashi mumkin. “Real” rahbariyati tajribali mutaxassisni hozirgi bosh murabbiy Karlo Anchelotti o‘rniga ideal nomzod, deb topdi.
Madridliklar Yurgen Kloppning yulduzlar bilan ishlash va yosh o‘yinchilarni rivojlantirish qobiliyatini yuqori baholamoqda.
Karlo Anchelotti mashhur futbolchilarni o‘z izmiga sola olishiga qaramay, yoshlarni jamoaga singdirishda etarlicha muammolarga ega. Bunga Arda Gyuler va Endrik kabi iste’dod egalarining jamoadagi holatidan norozi ekanini misol qilish mumkin.
Yurgen Klopp 2015-2024 yillar davomida “Liverpul” murabbiyi bo‘lib ishlagan. 2025 yilning 1 yanvaridan Red Bull korporatsiyasida futbol yo‘nalishining umumiy rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.



Fikrlar