
Anchelotti Ramos bilan uchrashadi
"Real"ga qaytgan bosh murabbiy Karlo Anchelotti jamoa sardori Serxio Ramos bilan uchrashmoqchi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining tvitter sahifasida ma’lum qildi.
Tomonlar muloqot davomida 35 yoshli ispaniyalik himoyachining jamoadagi taqdirini muhokama qilishadi. Boisi Ramosning “Real” bilan amaldagi shartnomasi bir oydan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.
Anchelotti "Real"ni 2013-2015 yillarda ham boshqargan. U kecha “qirollik klubi” bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
Ramos yakunlangan mavsum “Real” safida 21 ta o‘yinda ishtirok etdi. Serxio ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar