
Anchelotti “Real”dan ketishi mumkinligini tan oldi
Ispaniya chempionatining amaldagi g‘olibi “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelottining klubdagi kelajagi hali hamon mavhum bo‘lib turibdi.
Jurnalistlar italiyalik mutaxassisdan u Madridda qolishi uchun jamoasi La Liga va mamlakat kubogida g‘olib chiqishi shart qilib qo‘yilgani haqida so‘radi.
Ta’kidlash joizki, bir necha kun avval “Real” bilan 2026 yilning yozigacha tuzilgan shartnomani oxirigacha bajarishini ta’kidlagan Anchelottining bu galgi javobi bu mutaxassis kelajagi haqida aniq tasavvurga ega emasligini ko‘rsatdi.
- Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Nima yuz berishini oldindan hech kim bilmaydi, - dedi Karlo Anchelotti.
Keyingi paytda “Real” rahbariyati Karlo Anchelottini iste’foga chiqarmoqchi ekani haqida juda ko‘p ma’lumotlar tarqatilmoqda. Madridliklar jamoa boshqaruviga “Bayer”da muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan ispaniyalik murabbiy Xabi Alonsoni olib kelishni rejalashtirgan.
Fikrlar