"Andijon" Antaliyada "Shaxtyor" bilan o‘ynaydi

  • 27 yanvar, 23:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Antaliyada qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan “Andijon” uchun u erda o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Oldin ta’kidlab o‘tganimizdek, 9 ta o‘yin o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bungacha 7 tasining nomi aniqlangan va dastlabkisini 25 yanvar kuni Polshaning “LKS Lodz” jamoasiga qarshi o‘tkazishga ham ulgurdi.

"Andijon"ning yana bir raqimi ma’lum bo‘ldi. Qozog‘istonning “Shaxtyor” (Qarag‘anda) klubi 13 fevral kuni “Burgutlar” uchun sparring-raqib vazifasini bajaradi.

Shu kunga ikkita uchrashuv belgilangan bo‘lib, yana biri Chexiyaning “FK Zelin” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

"Andijon" jamoasining Antaliyada o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblari:

25 yanvar. «Andijon» – «LKS Lodz» (Polsha) - 0:0

29 yanvar. «Andijon» – «Vorskla» (Ukraina)

2 fevral. «Andijon» – «Boras Banya-Luka» (Bosniya va Gertsegovina)

7 fevral. «Andijon» -  «ASK Voytsberg» (Avstriya

7 fevral. «Andijon» – «Raufoss» (Norvegiya

13 fevral. «Andijon» – «FK Zelin» (Chexiya

13 fevral. "Andijon" - "Shaxtyor" (Qozog‘iston)

17 fevral. «Andijon» – Vishista Krakov” (Polsha)

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!