"Andijon" darvozaboni: "Bitta o‘yin bilan hamma narsaga erishsak bo‘ladi"

  • 21 oktabr, 2022, 12:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, “Andijon” jamoamiz hozirda 24 oktyabr kuni o‘z maydonida “Turon”ga qarshi o‘tkaziladigan o‘ta muhim bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Mazkur o‘yinning ahamiyati va mas’uliyati qanchalik muhim ekanini barcha futbolchilar juda yaxshi his qilib turishibdi. Chunki g‘alaba bizga rasman Superliga eshigini ochadi. Jamoamizning asosiy darvozabonlaridan biri – Eldor Adhamov esa bo‘lajak uchrashuv oldidan quyidagilarni aytdi:

“Bu o‘yinning qanchalik muhimligini faqat futbolchilar emas, balki butun Andijon xalqi tushunib turibdi. Bitta o‘yin bilan hamma narsaga erishsak bo‘ladi. Xudo xohlasa, bor kuchimiz bilan tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

Oson uchrashuv bo‘lmaydi. Jiddiy kurash kechadi va biz aynan mana shunga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Alloh omadimizni berib, yuzimizni yorug‘ qilsa, muddatidan oldin Superliga va chempionlik masalasini hal qilamiz. Shuning uchun bu uchrashuvga butun diqqat-e’tiborimiz qaratilgan va bor kuchimizni beramiz. Buni hamma bilib turibdi.

Albatta, “Turon” ham oddiy raqib emas. Shunga yarasha juda qiziq o‘yin bo‘ladi, deb o‘ylayman. Barcha muxlislardan, Andijon xalqidan bizni stadionda qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘rayman. Chunki ularning olqishlab turishlari ham bizga ancha kuch-quvvat beradi. Biz bor kuchimiz bilan harakat qilamiz”, - deydi Eldor Adhamov.

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
21/10/2022 12:25
Яхши сизлардан галаба кутамиз