"Andijon" endi Igor Golbanni o‘z safiga qo‘shib oldi
"Andijon" selektsiya jarayonidagi navbatdagi transferni amalga oshirildi.
Klub matbuot xizmatining yozishicha, bu yilgi chempionatni “Nasaf” safida yakunlagan tajribali himoyachi Igor Golban 2026 yilgi mavsumda “Andijon” sharafini himoya qiladi.
Tajribali ihimoyachi 1990 yilning 31 iyul kuni Rossiyaning Sochi shahrida tug‘ilgan. Faoliyatini tabiiyki Rossiya chempionatida boshlagan. Jumladan, “Jemchujina”, “Sochi”, “Lokomotiv”, “Shinnik”, “Ximki”, Chexiyaning “Sigma” klublarida o‘ynagan. 2015 yilda O‘zbekistonga kelgan. Shu vaqt davomida yurtimizda “Qo‘qon-1912”, “Navbahor” va “Nasaf” jamoalarida to‘p surgan. O‘tgan yili mamlakat chempioniga aylangan va u ikki marta Superkubokni ham qo‘lga kiritgan.
Golban Superligada umumiy hisobda 420 ta o‘yinda maydonga tushgan va 27 ta gol urib, 8 ta golli pas bergan.O‘zbekiston Kubogida esa 30 ta bahsda qatnashgan.
Bungacha "Andijon" Ashortia va Boltaboevning transferini e’lon qildi.
Fikrlar