"Andijon" futbolchisi: "Bitta o‘yin orqali chempionlikka erishmoqchimiz"

  • 22 oktabr, 2022, 08:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoamizning 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan muhim uchrashuvga tayyorgarligi davom etmoqda. Iqtidorli futbolchilarimizda biri – Sherzod Esonov bo‘lajak bahs oldida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- “Turon” bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Sababi shundaki, o‘yinda g‘alaba qozonsak muddatidan oldin chempion bo‘lamiz va muxlislarimiz ko‘z o‘ngida chempionlikni birga nishonlamoqchimiz.

Ha, to‘g‘ri, bungacha biz “Turon” bilan uch marta o‘ynagan bo‘lsak, barchasida mag‘lub etganmiz. Lekin men “Turon”ni qulay raqib deb hisoblamayman. Nima uchun yutdik? To‘g‘ri o‘ynaganimiz va raqibni to‘g‘ri o‘rganganimiz evaziga g‘alaba qozondik, deb o‘ylayman, qulay raqib bo‘lgani uchun emas. Xudo xohlasa, bu safar ham ishqibozlarimiz qarshisida yaxshi o‘yin ko‘rsatib, “Turon”ni to‘rtinchi marta engib chempionlikni nishonlamoqchimiz.

Navbatdagi o‘yin shunisi bilan farq qiladiki, endi bitta o‘yin orqali biz chempionlikka erishamiz. Aynan shu uchrashuv bizga 1-o‘rinni ham oldindan naqd qiladi. Xudo xohlasa, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz”, - deya fikr bildirdi, Esonov.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!