"Andijon" lageridan daraklar: klub ikki nafar darvozabon bilan shartnoma tuzdi va legionerlarning qaysi raqamlarda to‘p surishi oydinlashdi

  • 31 iyul, 2021, 16:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zPFL matbuot xizmati “Andijon” klubidagi o‘zgarishlar yuzasidan rasmiy xabar berdi.

Tecno

“Andijon” FK Viktor Kumikov (bosh murabbiy) va quyidagi futbolchilar bilan yil yakuniga qadar bo‘lgan shartnomalar imzoladi:

Asilbek Omonov (“Rubin”)

Eldor Adhamov (“Qo‘qon-1912”)

Sardorbek Xursanov (“Turon”)

Azamat Isroilov (“Buxoro”)

Abdurahmon Komilov

Quyidagi futbolchilar esa yil yakuniga qadar “Andijon FK” safida ijara asosida to‘p suradi:

Xurshidbek Ubaydullaev (“Bunyodkor”)

Sherzod G‘ulomjonov (“Navbahor”)

Vladislav Vasilev (“Energetik-BGU)

Vasiliy Sovpel (“Energetik-BGU)

Pavel Zabelin (“Shaxtyor” S)

Mazkur futbolchilar “Andijon FK” bilan shartnomani bekor qildi:

Kemran Najafaliev

Kamron Saidazimov

Sunnatilla Hamidjonov

Jasur Jaloliddinov

Muhammad Isaev

Doniyor Ismoilov

Jasur Umrzoqov

Martin Boake

E’tibor bergan bo‘lsangiz, klub ikki nafar darvozabon - Asilbek Omonov hamda Eldor Adhamov bilan ham rasmiy kelishuvga erishdi.

Shuningdek, jamoaga taklif qilingan legionerlarning qaysi raqamlarda to‘p surishi ham ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Zabelin 9, Vasilev 10 hamda Sovpel 14-raqam ostida harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, yana bir necha soatdan keyin “Andijon” klubi chempionatning 13-turida Namangandagi “Navbahor” stadionida mezbon nomi ostida “Turon” klubi bilan bellashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!