"Andijon" yozgi yig‘inini boshladi. Kimlarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi?

  • 12 iyul, 2024, 21:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birinchi davrani 5-o‘rinda yakunlagan “Andijon” rejaga binoan, bugundan yozgi yig‘inini boshladi. Jamoa Toshkentdagi “Do‘rmon” qarorgohida aynan mavsumning ikkinchi qismi uchun tayyorgarlikka kirishdi.

Tecno

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, “Burgutlar”ning poytaxtdagi mashg‘ulotlari 25 iyulga qadar davom etadi. U erda uchta nazorat o‘yini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, 16 iyul kuni “Aral”, 20 iyulda “Qizilqum” va 24-sanada “Paxtakor”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari rejalashtirilgan.

Jamoada selektsiya ishlari davom etyapti. “Andijon” bilan shartnoma imzolagan Vagiz Galiulin bugundan mashg‘ulotlarga qo‘shildi.

Bungacha rasman klubni Armin Boshnyak va Nodari Kavtaradze tark etishgani haqida ilgari xabar berib o‘tdik. Shuningdek, tarkibda yana yuz beradigan o‘zgarishlar xususida rasmiy sahifalarimiz orqali ma’lumot berib boramiz.

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!