Andre Silva faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin

  • 25 mart, 2019, 20:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Sevilya" safida ijara asosida o‘tkazayotgan "Milan" forvardi Andre Silva faoliyatini "Monako"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq andalusiyaliklar mavsum yakunlangach portugaliyalik futbolchini ortiga qaytarib yuborishmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Silvaning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Agar Radamel Falkao “Monako”dan ketadigan bo‘lsa, uning o‘rnini aynan Andre Silva egallashi mumkin. Silvaning transfer narxi 35 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Silva joriy mavsum 39ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!