Andrea Pirlo "Yuventus"ga qaytadi

  • 30 iyun, 2020, 13:00
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus" va Italiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo murabbiylik karerasini boshlashga tayyor.

Janluka di Martsio ma’lumotiga ko‘ra, italiyalik afsonaviy futbolchi "Yuventus" U-23 murabbiylar shtabidan joy oladi. 41 yoshli mutaxassis "keksa sinora" yoshlar jamoasida bosh murabbiy Roberto Baronio yordamchisiga aylanadi.

Pirlo futbolchili faoliyatini 2017 yil "Nyu-York Siti"da yakunlagan edi. U "Yuventus" safida 2011-2015 yillar mobaynida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!