Angliya klubi katta transferga qo‘l urdi
“Arsenal” rahbariyati “Chelsi” yulduzi N'Golo Kanteni o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qildi, deb xabar tarqatdi Daily Star nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, frantsiyalik tayanch yarim himoyachisiga “kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteta shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda. Ispaniyalik mutaxassis tajribali o‘yinchi yormadi maydon markazini mustahkamlashni rejalashtirgan.
Mikel Arteta “Arsenal”ni premer-ligada va xalqaro maydonda sovrinlar uchun kurashishini ta’minlash maqsadida yangi transferlarga ehtiyoj sezmoqda.
Kantening “aristokratlar” bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil qoldi. “Chelsi” klub bilan yangi bitim tuzishga shoshilmayotgan o‘yinchini shu yoz sotib yuborishi kerak.
31 yoshli futbolchi 2016 yildan beri “Chelsi” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning hozirgi narxi 40 million evroga baholanmoqda.



Fikrlar