
Angliya Liga kubogi. “Manchester Siti” penaltilar seriyasi orqali keyingi bosqich masalasini hal etdi
Bugun Angliyada Liga kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda. “Manchester Siti” jamoasi o‘z maydonida “Vulverxempton”ni qabul qildi.
Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmagach, g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat etildi.
“Futbol lotoreyasi”da esa omad “shahrliklar”ga kulib boqdi va Xosep Gvardiola jamoasi chorak finalga yo‘l oldi.
Angliya liga kubogi. 1/8 final
Manchester Siti – Vulverxempton 0:0
Penaltilar seriyasi: 4:1
Manchester Siti – Bravo, Mangalya, Adarabioyo (Stounz, 90), Danilo (Uoker, 103), Ture, Gyundogan, Zinchenko, Sterling, Bernardu Silva (Sane, 95), Aguero, Gabriel Jezus (de Bryuyne, 82).
Vulverxempton – Norris, Bennett, Batt, Xoz, Ruben Vinagre, Ndiaye, Koudi, Elder Koshta (Kavaleyru, 78), Prays, Marshall (Ronan, 72), Enobaxare (Leo Bonatini, 90).
Ogohlantirishlar: Prays (82), Bennett (84), Ture (93).
Fikrlar