Angliyaning eng zo‘r hujumchisidan yuz o‘girishdi

  • 11.11.2022 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn so‘nggi yillarda angliyalik to‘purarlar orasida o‘zining barqarorligi bilan ajralib turibdi.

Shunga qaramay, tajribali futbolchi hozirgi jamoasida birorta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgani yo‘q.

Grand klublar unga bir necha marotaba og‘iz solgani va hujumchining o‘zi ham kuchli klublardan biriga qo‘yib yuborishni so‘raganiga qaramay, “Tottenxem” har gal uning transferini bloklab kelgan.

Keyingi paytda “Bavariya” Harri Keynga jiddiy qiziqish bildirib kelayotgan edi. Myunxen superklubi Robert Levandovski ketganidan keyin yaqqol to‘purarga ehtiyoj sezmoqda.

Bild nashri “Bavariya” ichida Harri Keynni taklif qilish borasida fikrlar bir joydan chiqmaganini yozmoqda. Klub mutasaddilarining aksariyati 29 yoshli hujumchi “Bavariya” o‘yin uslubiga tushmaydi, degan xulosa berganidan keyin myunxenliklar bu transferdan yuz o‘girdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!