Anna Kalinskaya va Yuliya Putintsevaning AQShdagi ertagi tugadi

  • 3 sentabr, 2019, 11:15
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Rossiyalik Anna Kalinskaya va qozog‘istonlik Yuliya Putintseva "US Open" turnirining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

Anna va Yuliya juftlik bahslarining uchinchi davrasida vengriyalik Timea Babosh va frantsiyalik Kristina Mladenovichga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda 3:6, 2:6 hisobida taslim bo‘ldi.

Shu tariqa Babosh va Mladenovich Amerika ochiq chempionatining chorak finalda mezbonlar vakili Kori Goff va Keti Makneyli, yoki belaruslik Viktoriya Azarenko hamda avstraliyalik Eshli Barti bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!