APL. 19-turda olingan eng sara suratlar orqali ishlangan fotomaqola!

  • 20 yanvar, 2021, 07:26
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

APL 19-turi bizga bir qancha qiziqarli uchrashuvlarni taqdim etdi. Ushbu bahslar davomida umumiy hisobda 21 ta gol kiritildi. Aslida, 9 ta o‘yinda shuncha golni ko‘p, deb bo‘lmaydi. Ammo hozirda butun dunyo, xususan, "tumanli albion" koronavirusdan aziyat chekayotgani, shu sababli, futbolchilar biroz formada emasligini inobatga olsak, ko‘rsatkich yomon bo‘lmadi. SPORTS.uz tur o‘yinlaridan olingan eng sara suratlardan tashkil topgan fotogalereyani taqdim etadi:

photo_2021-01-19_23-06-38

Uchrashuv oldidan mana shunday jarayonlar o‘tkazilmoqda. Ehtiyot bo‘lgan yaxshi-da!

photo_2021-01-19_23-03-50

Patrisiu o‘z darvozasidan 3 ta to‘p olib chiqdi. Shulardan ikkitasi 11 metrlik nuqtadan yo‘llandi.

1

O‘yin keskin kurashlarga boy bo‘lganini ushbu suratdan ham anglab olish qiyin emas.

photo_2021-01-19_23-03-45

"Byornli" a’zosi Eshli Barnsdan ajoyib parvoz!

photo_2021-01-19_23-36-27

Bu hech qanday aktsiya emas. Shunchaki, futbolchilar juda holdan toygandi.

photo_2021-01-19_23-03-47

Hammaning ko‘zi to‘pda. To‘p esa, o‘sha kuni Robert Sanches darvozasiga kirmadi. Hujumkor "Lids" futbolchilari o‘yinni golsiz yakunlashga majbur bo‘ldi.

photo_2021-01-19_23-03-52

Bu holat "Liverpul" muxlislariga juda tanish. Ammo bu safar ijrochilar Jek Xarrison hamda Persi Tau. Vaziyat esa o‘sha-o‘sha.

photo_2021-01-19_23-03-47_1

"Fulxem" - "Chelsi" uchrashuvidan ajoyib fotosurat!

photo_2021-01-19_23-03-52_1

Ikkinchi qavatdagi to‘p uchun kurashga e’tibor qarating.

photo_2021-01-19_23-48-10

G‘alaba to‘pini kiritgan Meyson Mauntning kayfiyati havas qilgulik darajada.

photo_2021-01-19_23-03-47_2

Vardining nigohlariga e’tibor qarating!

photo_2021-01-19_23-53-19

Himoyachidan ajoyib master-klass.

photo_2021-01-19_23-03-49

Har kim o‘yinga har xil tayyorgarlik ko‘radi.

photo_2021-01-19_23-03-54

Qancha harakat qilmasin, Remzdeyl to‘pga eta olmadi.

photo_2021-01-19_23-03-55

Xuddi shu rasmni boshqa tomondan tomosha qiling.

photo_2021-01-19_23-03-57

Loris o‘sha kuni darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmadi.

photo_2021-01-19_23-03-48

Qulay imkoniyatdan gol ura olmagan Pogba alamini kimdan olishni bilmayapti.

photo_2021-01-19_23-03-56

Fernandesh esa, alamini qay tarzda olganiga guvoh bo‘ling. Darhaqiqat, bundan vaziyatda hissiyotlarni jilovlash mushkul.

photo_2021-01-19_23-03-54_1

Peshqadamga aylanib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bergan Yurgen Kloppning holati.

photo_2021-01-19_23-03-53

Edinson Kavaniga "Tarzan" laqabi faqatgina qiyofadagi o‘xshashlik uchun berilmagan. Uning to‘p uchun kurashdagi harakatlari tahsinga sazovor.

photo_2021-01-19_23-03-48 (2)

4 ta gol o‘tkazib yuborgan Visente Guaita seyvlar ham amalga oshirdi. Suratdagi manzara shunchaki chiroyli.

photo_2021-01-20_00-03-59

Yuqoridagi ikki "shaharlik" amalda o‘yin taqdirini hal etdi.

photo_2021-01-19_23-03-55_1

I...

photo_2021-01-19_23-03-49_1

II...

photo_2021-01-20_00-04-00

III. Obameyangdan o‘zgacha gol nishonlash usuli!

photo_2021-01-19_23-03-57_1

O‘yin juda agressiv ruhda kechganiga shubha yo‘q. Tomas Partey hayolida: "Oxiri baxayr bo‘lsin!"

photo_2021-01-19_23-03-57 (2)

Fotografning mahoratiga tan bermay iloj yo‘q. Ajoyib rakurs! Shundan emasmi?!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Samad
20/01/2021 09:16
Zoʻr