
APL. 4-o‘rin uchun kurash avjida! Derbida "Arsenal" "Chelsi"dan ustun keldi
APL 30-tur qoldirilgan o‘yinida "Chelsi" va "Arsenal" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda "kanonirlar" 4:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
Arteta shogirdlari safida Nketia dubl qayd etdi. Shuningdek, Smit-Rou hamda Saka ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. "Aristokratlar"dan Verner hamda Aspilikueta gol urishga erishdi.
Shu tariqa, "Arsenal" hisobidagi ochkolari sonini 57 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular APL turnir jadvalida 5-o‘rinni band etgan. 3-pog‘onadan joy olgan "aristokratlar" 62 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
{game} 3610172{/game}
Fikrlar