
APL. "Everton" so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga "Kristal Pelas"ni taslim etdi. "Vulverxempton" - "Brayton" uchrashuvi esa durang bilan yakunlandi
Angliya Premer-ligasining 7-turidan o‘rin olgan so‘nggi to‘qnashuvlar ham o‘z nihoyasiga etdi.
"Everton" o‘z uyida kambek evaziga "Kristal Pelas"ni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, "Vulverxempton" - "Brayton" uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang bilan o‘z nihoyasiga etdi.
Mersisisaydliklar 37-daqiqada o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Bellashuvdagi ilk golni Daniel Munos Mexiya kiritdi. Ikkinchi bo‘limning 76-daqiqasida esa Lliman Ndiaye hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Jek Grilish esa 90+3-daqiqada jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi va muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum

Everton
- Iliman Ndiaye 76'
- Jack Grealish 90'
Tugadi
2
:
1
05.10.2025 18:00

Kristal palas
- Daniel Muñoz 37'
Fikrlar