APL grandi "Real" va "Barselona" qiziqqan futbolchini ilib ketmoqchi

  • 19 oktabr, 2024, 21:48
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Keyingi yozda himoyachi Jonatan Ta uchun transfer bozorida jiddiy kurash bo‘ladi. Futbolchining agenti avvalroq "Bayer" bilan shartnoma uzaytirilmasligini, shuning uchun Ta 2025 yilda erkin agentga aylanishini aytgan edi.

Xabarlarga ko‘ra, 28 yoshli himoyachi bilan "Real", "Barselona", "Yuventus" va "Bavariya" kabi katta klublar shartnoma imzolamoqchi. Hozirda, nemis futbolchisiga davogarlar safiga "Liverpul" ham qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" o‘tgan yozda Ta bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘rdi, ammo yakunda kelishuv amalga oshmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!