
APL grandlari Vinisiusga qiziqish bildirmoqda
"Real" hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionatini tark etishi mumkin. Braziliyalik yulduzga Angliya Premer-Ligasining ikki grandi qiziqish bildirmoqda.
"Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, Vinini "Manchester Siti" va "Liverpul" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni chempionati grandlari ham uni sotib olmoqchi ekani haqida xabarlar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli forvard "qirollik klubi"da 2018 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. Forvardning amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyuni oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining bozor narxini 200 million evroga baholamoqda.
Fikrlar