
APLda 4-o‘rin "Tottenxem"ga nasib etadimi yoki "Arsenal"ga?
"Chelsi"ning sobiq hujumchisi Jimmi Floyd Xasselbaynk APLning joriy mavsumida kuchli to‘rtlikka kirish uchun "Arsenal" va "Tottenxem" o‘rtasidagi kurash haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
“Shimoliy London derbisi ko‘p narsani hal qiladi. "Tottenxem"da Xarri Keyn va Antonio Konte bor. Ular bu o‘yinlarda qanday g‘alaba qozonishni bilishadi. Shu bois, “shporlar” to‘rtinchi o‘rinni egallashiga ishonaman”, — dedi Xasselbaynk Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan 32 tur natijalariga ko‘ra “Arsenal” va “Tottenxem” hisobida bir hil – 57 tadan ochko bor. Ushbu jamoalar 12 may kuni “Tottenxem” maydonida o‘zaro to‘qnash keladi.
Fikrlar