Angliya Premer-ligasining eng yaxshi yarim himoyachilari reytingi e’lon qilindi. 

"Goal" portali jurnalistlar APLning eng yaxshi yarim himoyachilari kim ekanini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, "Arsenal" xavbegi Deklan Rays ayni vaqtda "tumanli albion"da tengsiz deb topildi. Ikkinchi pog‘onani esa "Chelsi" tayanch yarim himoyachisi Moyzes Kaysedo band etgan. Kuchli uchlikni "Manchester Siti"ning ispaniyalik futbolchisi Rodri Ernandes yakunlab beradi. Shuningdek, kuchli o‘nlikdan, "Manchester Yunayted" futbolchisi Brunu Fernandesh, "Arsenal" vakillari Martin Edegor va Martin Subimendi, "Nyukasl" xavbegi Brunu Gimaraynsh, "Sanderland" yarim himoyachisi Granit Jaka, "Liverpul" futbolchisi Dominik Soboslai hamda "Chelsi" a’zosi Enso Fernandeslar joy olgan. 

Ma’lumot uchun, Rays joriy mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!