
APLning uch grandi "Brayton" hujumchisiga xaridor
"Brayton" markaziy hujumchisi Joao Pedro faoliyatini top klubda davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Sem Dinning xabar berishicha, 23 yoshli braziliyalik futbolchiga "Liverpul", "Arsenal" va "Chelsi" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, bu klublar yozgi transfer oynasida hujumchini xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Joao Pedro joriy mavsumda barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining "Brayton" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislarining baholashicha, uning narxi 50 million evroga teng.
Fikrlar