Arauho: "Bu jamoa kambek qilishga qodir, biz bunga ishonamiz"

  • 09.04.2026 12:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" himoyachisi Ronald Arauho Chempionlar ligasi chorak finalida "Atletiko"ga qarshi bahsdagi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin jamoa ruhiyati haqida fikr bildirdi.

"Biz harakat qildik, ammo bu yetarli bo‘lmadi.

Ikkinchi bo‘limda, bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan bo‘lsak ham, juda yaxshi harakat qildik. To‘p nazorati bizda edi, lekin gol ura olmadik. Albatta, mag‘lubiyatdan hafamiz, ammo men vaziyatni o‘zgartirishimizga ishonaman.

Bu jamoa hisobni ortga qaytarishga qodir. Men bunga to‘liq ishonaman. Biz buni avval ham ko‘p bor uddalaganmiz.

Ularning maydonida o‘ynash oson emas. Ammo agar buni kimdir qila olsa, u ham bo‘lsa biz. Raqib uyida bo‘lsa ham, oxirigacha kurashamiz", — deya ta’rif berib o‘tdi urugvaylik himoyachi.

Eslatib o‘tamiz, javob uchrashuvi 14 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!