Arbeloa boshchiligidagi "Real" barcha o'yinlarda gol urmoqda

  • 18.02.2026 03:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" Alvaro Arbeloa rahbarligi ostida o‘tkazgan barcha uchrashuvlarda gol urishga erishdi.

Bugun madridliklar "Benfika"ni Chempionlar ligasi 1/8 finali yo‘llanmasi uchun pley-off bosqichi ilk uchrashuvida 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Arbeloa bosh murabbiy sifatida ish boshlagandan beri "Real" futbolchilari barcha musobaqalar doirasida 9 ta o‘yinda 23 ta gol muallifi bo‘lishdi. Bu klub tarixida eng yaxshi startlardan biri hisoblanadi.

Mazkur natija 2009/10 mavsumda jamoani boshqargan Manuel Pellegrinidan keyingi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. O‘shanda madridliklar uning tayinlovidan so‘ng 10 ta o‘yim ketma-ket gol urishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!