Arbeloa: "Myunxenda g'alaba qozonishga qodir yagona jamoa — "Real"
"Real Madrid" murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi chorak finali javob uchrashuvi oldidan "Bavariya"ga qarshi revanishga ishonayotganini bildirdi.
Seshanba kuni madridliklar o‘z maydonida myunxenliklarga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shunga qaramay, ispaniyalik mutaxassis jamoasining imkoniyatlariga yuqori baho berdi.
"Ozgina omad biz tomonda bo‘lganda, ikkinchi bo‘limdagi bunday ssenariydan qochishimiz mumkin edi. Biz to‘pni yo‘qotishda ikki marta xatoga yo‘l qo‘ydik, bu esa mutlaqo mumkin emas edi. O‘yin oldidan aynan shu haqida gaplashgandik, chunki bunday raqiblarga qarshi har bir xato uchun jazo muqarrar.
Urg‘an golimiz esa bizga umid bag‘ishlaydi. Agar Myunxenda kimdir g‘alaba qozona olsa, bu — "Real", — dedi Arbeloa.
Shuningdek, u Manuel Noyerning uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilganiga ham munosabat bildirdi.
"Bu eng yaxshi yangilikmi-yo‘qmi, bilmayman. Lekin bu ularga muammo tug‘dira olishimizni ko‘rsatadi. Bu o‘yin bizga ko‘p narsani o‘rgatadi. Biz bu bahsga yetarlicha tayyorgarlik ko‘ra olmadik, ular esa bu yerga ancha yaxlit jamoa bo‘lib keldi. Ular uzoq vaqtdan beri birga o‘ynab kelmoqda.
Kimki muvaffaqiyatga ishonmasa, Madridda qolishi mumkin. Menda xarakterli futbolchilar bor va ularning kiyinish xonasida aytgan birinchi gapi: "Biz u yerda g‘alaba qozonamiz", bo‘ldi", — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.
Fikrlar