Arbeloa “Real”da hech kimga nasib qilmagan natijani qayd etdi

  • 18.03.2026 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob oʻyinida “Manchester Siti” ustidan 2:1 hisobida zafar quchib, Madridga yuqori kayfiyatda qaytib ketdi.

Madridliklar bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa tarixda hech qaysi murabbiyga nasib etmagan natijani qayd etdi.

Opta Sport maʼlumotiga koʻra, Arbeloa “Real” tarixida ilk bor pley-offdagi dastlabki toʻrtta oʻyinning barchasida gʻalaba qozongan murabbiyga aylandi.

Eslatib oʻtamiz, pley-off saralash bosqichida Madrid grandi ikki oʻyinda “Benfika”ni magʻlub etdi (1:0, 2:1), 1/8 finalda esa Arbeloa shogirdlari “Manchester Siti”dan ustun keldi (3:0, 2:1).

1/4 finalda “Real” katta ehtimol bilan “Bavariya” bilan kuch sinashadi. Myunxen superklubi nimchorak finalning birinchi oʻyinida Bergamoda “Atalanta”ni 6:1 hisobida magʻlub etgan. Germaniyadagi javob oʻyinida italyaliklar beshta gol farqi bilan gʻalaba qozonishiga hech kim ishonmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!