Argentina - O‘zbekiston: Maskerano 20 yildan so‘ng yana o‘zbeklarga qarshi. Yoxud alamli mag‘lubiyat uchun revansh vaqti keldi!

  • 19 may, 2023, 11:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga 20 may kuni Argentinada yoshlar o‘rtasida jahon chempionati start oladi. Turnirning ochilish o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi mezbon Argentinaga qarshi maydonga tushadi. “Santyago-del-Estero” stadionida kechadigan bahs Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.

Tecno

Keling ushbu uchrashuv oldidan jamoalarning o‘tkazgan so‘nggi 5 ta uchrashuvida qayd etgan natijalariga to‘xtalib o‘tamiz.

fhu

23_1

2_2

Argentina yoshlar terma jamoasi oxirgi 5 ta o‘yining 2 tasida g‘alaba va 3 tasida mag‘lubiyat qayd etgan.

Argentina – Yaponiya (U19) 3:2

Paragvay – Argentina 2:1

Argentina – Braziliya 1:3

Argentina – Peru 1:0

Kolumbiya – Argentina 1:0

iroq

aust

kore

Endi esa o‘zimizning qora ko‘zlar so‘nggi 5 ta o‘yinda qanday natijalar qayd etganini yodingizga solib o‘tamiz. Ravshan Haydarov shogirdlari oxirgi 5 ta o‘yinda bor yo‘g‘i 1 marta durang qayd etishgan va 4 tasida g‘alaba qozonishgan. Qayd etish lozimki, ushbu o‘yinlarning barchasi O‘zbekistonda o‘tgan Osiyo chempionati doirasida bo‘lgan.

Iroq – O‘zbekiston 0:1

O‘zbekiston – Indoneziya 0:0

O‘zbekiston – Avstraliya 1:1 (pen. 5:4)

O‘zbekiston – J.Koreya 0:0 (pen. 3:1)

O‘zbekiston – Iroq 1:0

6_7

maskerano

Ko‘rinib turibdiki, statistikada ham ustunlik biz tarafda. Ammo ushbu jamoalar, ya’ni Argentina va O‘zbekiston yoshlar terma jamoalari 2003 yil Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan mundialda bir guruhdan joy olishgan va ularning o‘zaro to‘qnashuvida 2:1 hisobida argentinaliklarning qo‘li baland kelgan. O‘sha o‘yinning 4-daqiqasidayoq Aleksandr Geynrix gol urib terma jamoamizni hisobda oldinga olib chiqqan edi, ammo argentinaliklar o‘yin so‘nggiga qadar 2 ta gol urib yakunda g‘alabani tantana qilishgan.

Ushbu o‘yin bilan bog‘liq yana bir qiziq jihat, bundan roppa-rosa 20 yil muqaddam o‘tkazilgan o‘yinda argentinaliklarning amaldagi bosh murabbiyi Xaver Maskerano futbolchi sifatida terma jamoamizga qarshi maydonda harakat qilgan.

Umid qilamizki, terma jamoamiz bo‘lajak o‘yinda Argentina ustidan g‘alabaga erishib, ushbu alamli mag‘lubiyat uchun munosib revansh olishadi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz joy olgan “A” guruhida Argentinadan tashqari Gvatemali hamda Yangi Zellandiya terma jamoalari ham bor.

Baxtiyor TOShTEMIROV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!