Argentina bilan o‘rtoqlik o‘yini Rossiya sabab o‘tkazilmasligi mumkin

  • 14.07.2025 20:09
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol

Rossiya terma jamoasi Urugvay bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni maqsad qilgandi. Biroq mazkur o‘yin katta ehtimol bilan o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Sababi, Belsa jamoasi Janubiy Koreyada kuzgi uchrashuvlarni o‘tkazishni maqsad qilgan. 

Ayni vaqtda RFS Argentina bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Unga ko‘ra, amaldagi jahon chempionlari Xitoy bilan o‘yin o‘tkazib, Moskvaga Rossiya bilan uchrashuv uchun jo‘nab ketishi mumkin. 

Bilasiz, O‘zbekiston terma jamoasi ham oktyabr Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgandi.

"Rossiya termasi oktyabr oyida Eron va Argentina bilan o‘ynamoqchi. Noyabrda esa Chili va Peruga qarshi. O‘FA tezroq sparing raqiblar bilan kelishib, o‘yinni “bronlab” qo‘ymasa, boshqa puldor federatsiyalar yulduzli jamoalarni ilib ketadi. Doimgidek", - deyiladi "Sabitov" telegram kanalida. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Negmat Negmatov
14/07/2025 22:10
Шу учун подадан олдин чанг чикармаслик керрак-да.