Arman Tsarukyan Hamzat Chimaevga qo‘yilgan ayblovlarga munosabat bildirdi
Dubay aeroportida Hamzat Chimaev AQSh Harbiy-havo kuchlari faxriysi Rich Pattersonga nisbatan jismoniy tajovuz qilganligi haqida xabar tarqalgan edi. UFC engil vazn toifasida ikkinchi o‘rinni egallab turgan, Rossiya va Armaniston sharafini himoya qilayotgan Arman Tsarukyan ushbu ayblovlar yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.
"Men bu masalada Chimaev bilan gaplashmadim va vaziyat tafsilotlaridan bexabaraman. Shunga qaramay, ayblovlarga ishonmayman. Hamzat haqida ko‘plab mish-mishlar tarqaladi, biroq u vazmin inson va hech qachon birinchi bo‘lib janjal boshlamaydi. Chimaev juda kuchli sportchi, shu sababli kimnidir urishi uchun jiddiy sabab bo‘lishi kerak. Hamzat o‘zining mashhurligini yaxshi anglaydi va odatda hech kimga tegmaydi. Faqat o‘zi yoki oilasi haqida gap-so‘z bo‘lsa, bunga javob qaytarishi mumkin".
Ma’lumot uchun, Hamzat Chimaev so‘nggi jangida Drikus dyu Plessiga qarshi oktagonga chiqib, hakamlarnig yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.
Zeboniso Hamidova tayyorladi
Fikrlar