Arne Slot: "Bu penalti berilmasligi kerak edi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasi 9-turidan o‘rin olgan "Brentford"ga qarshi bahs (2:3) haqida fikr bildirdi.
59-daqiqada "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk o‘z jarima maydoni chizig‘i yaqinida Dango Uattaraning oyog‘iga tegdi. Haqam Tim Robinson avval jarima belgiladi, ammo yordamchilari fol jarima maydoni ichida bo‘lganini aytgach, u penalti tayinladi. Qaror VAR orqali, takrorni ko‘rmasdan qabul qilindi. Keyin Igor Tiago 11 metrlik jarimani aniq amalga oshirib, hisobni 3:1 qildi.
Arne Slot bunga shunday munosabat bildirdi:
"Bu murakkab vaziyat edi. Haqam avval jarima berdi, lekin menimcha, bu penalti bo‘lishi kerak emasdi. Keyin VAR aralashdi va fol jarima maydonida bo‘lganini aytdi.
Birinchi bo‘limdagi Gakpo ishtirok etgan vaziyatni oladigan bo‘lsak, o‘shanda penalti tayinlash ehtimoli bundan ham kattaroq edi. Menimcha, bu gal hakam 11 metrlik belgilashni xohlamagan", –deya ta’rif berib o‘tdi mersisaydliklar ustozi.



Fikrlar