Arne Slot Ekitikening o‘yinini yuqori baholadi

  • 14.12.2025 01:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasining "Brayton"ga qarshi o‘yinidan so‘ng (2:0) hujumchi Ugo Ekitikening harakatlariga baho berdi. Ushbu bahsda futbolchi dubl muallifi bo‘ldi.

— Bugun ayrim epizodlarda u juda ta’sirli ko‘rindi. Urgan gollari a’lo darajada edi, biroq shunday vaziyatlar ham bo‘ldiki, o‘z-o‘zimga "Vau" dedim. Biz uni aynan shu sababli tarkibga qo‘shmoqchi edik — faqat gollari uchun emas. Quvonarlisi, u va yozda jamoaga kelgan boshqa futbolchilar ham rivojlanishda davom etmoqda, — dedi Slot.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida Ugo Ekitike 15 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!