"Arsenal" A Seriyadan hujumchi topdi

  • 6 yanvar, 13:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi "Atalanta" hujumchisi Mateo Retegiga qiziqish bildirmoqda. Mikel Arteta ushbu transferga shaxsan o‘zi qiziqish bildirgan.

Tecno

"Tuttomercatoweb" nashri xabariga ko‘ra, "to‘pchilar" italiyalik futbolchini 55 million evro evaziga sotib olish haqida o‘ylamoqda. Futbolchiga Angliyaning yana bir klubi “Aston Villa” ham da’vogarlik qilmoqda. Mateo “Atalanta” safida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ma’lumot  uchun, 25 yoshli forvard 12 ta gol bilan joriy A Seriyada to‘purarlar ro‘yxatida Markus Tyuram bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!