"Arsenal" afsonasi Ronalduni qattiq tanqid qildi
"Arsenal"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Merson "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni tanqid qildi.
"Ronaldu 37 yoshda. "Manchester Yunayted"da sodir bo‘layotgan voqealar uni umidsizlantirishi aniq. U tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri edi, ammo endi u avvalgidek o‘ynay olmaydi. Premer-liga juda qiyin. U tufayli Sulsher ishdan bo‘shatildi. Bu yoshda Krishtianu har bir o‘yinda maydonga tusha olmaydi. "Manchester Yunayted" uchun Reshford Ronaldudan muhimroq bo‘lishi kerak", - dedi Merson Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
37 yoshli Ronaldu joriy mavsum MYu safida jami 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

Fikrlar