
“Arsenal” Obameyang kutmagan taklifni o‘rtaga qo‘ydi
“Arsenal” Evropa grandlari kutayotgan hujumchisi Per-Emerik Obameyang bilan amaldagi kelishuvni uzaytirmoqchi. Garchi londonliklar gabonlik futbolchiga hech qanday taklif bildirmagani haqida xabarlar chiqqan bo‘lsa-da, endi shartnoma shartlariga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Unga ko‘ra, “Arsenal” Obameyangga bilan 2023 yilning yozigacha bitim tuzmoqchi va 30 yoshli to‘purarga 12 million yillik maosh da’vat qilmoqda.
Agar Obameyang londonliklarning taklifini qabul qilmasa, yozgi transferlar vaqtida “Real”, “Barselona”, “Inter” yoki “Chelsi”ga o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Zidanning omadi chopdi. Hamma talashayotgan super futbolchi “Real”ni tanladi
Yana eski savol ko‘tarildi: Messi zo‘rmi yo Ronaldu? Javob original bo‘ldi
Fikrlar