"Arsenal" darvozaboni Premer-liganing boshqa bir klubiga o‘tishi mumkin

  • 02.04.2024 17:44
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yozgi transferlar oynasida "Arsenal" "Brentford"dan David Rayyani sotib olganidan keyin Aaron Ramsdeyl asosiy tarkibdan tushib qoldi. Agarda statistikaga e’tibor bersak, ispaniyalik posbon 30 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ingliz darvozabonida esa bu ko‘rsatkich 10 ta uchrashuvni tashkil qiladi. 

Zaxira a’zosiga aylanib qolgan Ramsdeyl o‘ziga yangi klub izlashi tabiiy holat. Unga APLdan ham takliflar bor. "Nyukasl" 25 yoshli Aaronni yozda o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qiladi, deya xabar bermoqda "Daily Mail" nashri. 

"Qarg‘alar" uchun mavsum kutilganidek o‘tmadi. Jarohatlar sabab klub muhim o‘yinlarda asosiy futbolchilarisiz harakat qilishiga to‘g‘ri keldi. Ular qatorida Nik Poup ham bor. Shu sababli, rahbariyat ikkita teng kuchli darvozabon bilan keyingi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!