“Arsenal” etti o‘yinchini nishonga oldi

  • 06.01.2024 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta chempionlik uchun kurashishni maqsad qilgan. Bu yo‘lda ispaniyalik mutaxassis tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishga tayyor.

Yaqinda “kanonirlar” ishonchni oqlay olmayotgan bir guruh futbolchilar bilan xayrlashishi haqida xabar tarqatilgan edi.

Endi klub mutaxassislar yangi ijrochilar transferi bo‘yicha ish boshladi.

The Athletic nashri londonliklar nishonida turgan futbolchilar bo‘yicha ma’lumot berli. Unga ko‘ra, Mikel Arteta himoya markaziga “Borussiya Dortmund” vakili Niko Shlotterbek va “Bavariya” o‘yinchisi Mateys de Ligtni olib kelmoqchi. Bu o‘yinchilarning transferi yanvarga mo‘ljallangan.

Shuningdek, “kanonirlar” ro‘yxatidan “Ayaks”ning 17 yoshli futbolchisi Jorrel Xato, “Aston Villa”dan Duglas Luis, “Real Sosedad”dan Martin Subimendi, “Branford” hujumchisi Eyvan Touni, “Vulverxempton” a’zosi Pedro Neto ham joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!