
"Arsenal" himoyachisi bir necha hafta maydonga tusha olmaydi
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Ektor Belerin kecha APLning 17-turi doirasida "Sautgempton"ga (3:2) qarshi bahsda jarohat oldi.
Skysports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli ispaniyalik futbolchi mushaklaridan jarohat olgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra Belerin shu tariqa bir necha haftani lazaretda o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun, Belerin joriy mavsum premer-ligada 17ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z jamoasining 4ta goliga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar