"Arsenal" Kosielnini qanchaga baholamoqda?

  • 13.07.2019 19:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Arsenal" klubi joriy yozgi transferlar davrida frantsiyalik himoyachi Loran Kosielnini sotib yuborishga tayyor.

Evening Standard nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 33 yoshli futbolchining transferini 10 mln evroga baholashmoqda. Unga esa "Milan", "Renn" va "Borussiya" Dortmund klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

Ma’lumot uchun, Kosielni o‘tgan mavsum “Arsenal” safida 37 ta o‘yinda ishtirok etdi va 3ta gol urishga erishdi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!