
“Arsenal” “Siti” etakchisi Rodrini atayin “sindirdimi”?
Angliya Premer-ligasi beshinchi turining markaziy uchrashuvi – “Manchester Siti” va “Arsenal” o‘rtasidagi uchrashuvning 2o‘-daqiqasida yuz bergan epizod hamon muhokama qilinmoqda.
O‘zaro to‘qnashuvda “kanonirlar” o‘yinchisi Tomas Parti “shaharliklar” etakchisi Rodriga jiddiy jarohat etkazdi. Ayni paytda londonliklar futbolchisi bu ishni atayin qilganligi haqida fikr-mulohazalar ko‘payib bormoqda.
Bu masalaga “Manchester Siti” bosh murabbiy Xosep Gvardiola munosabat bildirib, raqibda Rodriga atayin jarohat etkazish maqsadi bo‘lmagani va o‘yinda bo‘lishi mumkin holat ekanini ma’lum qildi.
Bellashuvdan keyin o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar Rodri Ernandes uzoq muddatga safdan chiqqanini tasdiqladi. Gvardiola hozir jamoa o‘yinida muhim o‘rin tutgan ispan futbolchisining o‘rnini bosa oladigan yarim himoyachi qidiryapti.
Fikrlar