"Arsenal" Tonalini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida "Tuttosport" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Londonning "Arsenal" klubi 25 yoshli futbolchiga qiziqmoqda. "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" ham italyalikni kuzatib bormoqda. "Oq-qoralar" Tonalini 115 million evroga sotishga tayyor.
Bu mavsumda Tonali barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar