“Arsenal” va “Barsa” bir oʻyinchini talashyapti
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Yulian Brandt faoliyatini yanada qudratli bo‘lgan klublarda davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Londonning “Arsenal” va Kataloniyaning “Barselona” klublari nemis futbolchisini yozda erkin agent maqomiga ega bo‘lganidan keyin o‘z safiga qo‘shib olish maqsadida uning atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.
Bu haqida Sky Sport Germany nashri xabar berdi.
“Borussiya”dagi yetti yillik faoliyatidan keyin Brandtning o‘zi ham faoliyatidagi keyingi qadamni tashlashni rejalashtirmoqda.
U Ispaniya, Italiya va Buyuk Britaniyani faoliyatini davom ettirish uchun ehtimoliy yo‘nalishlar sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Hozircha klublar bilan aniq muzokaralar olib borilmayapti.
Shuningdek, qishki transfer oynasi vaqtida Brandt Angliya Premier-ligasi klublaridan ikkita taklif olgani ta’kidlangandi. Biroq u mavsumni “Borussiya” safida yakunlashni istagani sababli bu takliflarni rad etgan.
Joriy mavsumda Brandt barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda ishtirok etdi. U 10 ta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, yarim himoyachining qiymati 20 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar