
"Arsenal"da Jezusning o‘rinbosari super natija qayd etyapti
"Arsenal" hujumchisi Eddi Nketia Angliya Premer ligasi 18-turidan o‘rin olgan "Brayton"ga qarshi bellashuvda jamoasining 3-goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, 23 yoshli futbolchi ketma-ket uchinchi o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Bungacha u "Vest Xem"ga qarshi APL 17-turi hamda "Brayton"ga qarshi Angliya Liga kubogi doirasidagi bahslarda ham gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
U Jahon chempionati paytida jiddiy jarohat olgan Gabriel Jezusning pozitsiyasida harakat qilmoqda. Braziliyalik forvard katta ehtimol bilan fevral oyi boshida safga qaytadi.
Nketianing kamida yana 1 oy vaqti bor.
Fikrlar