Arturning taqdiri hal bo‘ldi

  • 22.03.2023 23:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul"da ijara asosida o‘ynayotgan Arturni kelajagi aniq bo‘ldi. U mavsum so‘nggida klubni tark etadi. Mersisayd jamoasi yarim himoyachini sotib olish bandini faollashtirmaydi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. Ushbu ma’lumotlarni braziyalikning agenti ham tasdqiladi. 

"Uning omadi kelmadi. Ko‘plab jarohatlar... Artur Angliyani tark etib, "Yuventus"ga qaytsa kerak", - dedi Pastorello. 

26 yoshli futbolchi ushbu mavsum ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi. Buning asosiy sababi yarim himoyachining uzoq muddatga safdan chiqqani bo‘ldi. Artur "Liverpul" tarkibida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta ham golda ishtirok etmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!