Ashaddiy raqib Jalolovni engish taktikasini topdi! Bahodir qarab turmasa kerak?!

  • 3 may, 2023, 08:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida dunyoning yuzdan ziyod mamlakatidan kelgan 600 nafardan ortiqcharm qo‘lqop ustalari 13 vazn toifasida g‘oliblik uchun kurashmoqda.

Tecno

Boks olami mutaxassislari Toshkentdagi musobaqada bir necha e’tiborga molik janglar bo‘lishiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Ko‘pchilikni o‘ta og‘ir vazn toifasidagi Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev to‘qnashuvi qiziqtiradi.

172459_original

Aslida bu ikki pahlavon raqobati boshlanganiga sakkiz yil bo‘ldi. Dastlabki ikki jangda qozoq bokschisining qo‘li baland kelgan. Keyinchalik mahorat va tajriba bobida raqibidan o‘zib ketgan Bahodir Jalolov umumiy hisobni 5:3 hisobida o‘z foydasiga haldi. Oxirgi to‘rtta to‘qnashuv o‘zbek bokschisi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Toshkentdagi jahon chempionatining markaziy jangi Qamshibek Kunkabaev va Bahodir Jalolov o‘rtasida bo‘lishi kutilyapti.

Qozog‘iston milliy terma jamoasning sobiq bosh murabbiyi Qayrat Satjanov Sports.kz saytiga bu ikki bokschi imkoniyatlariga baho berib, ularning bir-biridan ustun tomonlarini tahlil qilib berdi.

Boksda hammasini birgina zarba hal qilishi mumkin. Ayniqsa, og‘ir vazn toifasida bu ko‘p kuzatiladi.

Ayni paytda Bahodir Jalolov ustundek ko‘rinmoqda. Lekin Kunkabaevning ham katta tajribaga ega bokschi ekanini ta’kidlash lozim.

Bu ikki bokschi o‘rtasidagi jangda ko‘p narsa kim taktik jihatdan yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rganiga bog‘liq bo‘ladi. Kamshibek Bahodirga nisbatan tezkor. Agar jangga reja puxta ishlab chiqilsa, u g‘alaba qozonishi mumkin, - dedi Qayrat Satjanov .

Bahodir Jalolov havaskor bokschilar o‘rtasida barcha nufuzli turnirlar g‘olibi hisoblanadi. U amaldagi jahon va Olimpiya o‘yinlari chempioni. Jahon chempionati bronza medal sovrindori. Uch karra Osiyo chempioni bo‘lgan.

O‘ta og‘ir vazn toifasidagi janglarda qatnashib kelayotgan Bahodir Jalolov havaskor bokschilar o‘rtasida jami 110 ta jang o‘tkazib, shulardan 95 tasida g‘alaba qozongan. 21 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

yd3X2P16280808648453_l

Bundan tashqari, hamyurtimiz professional ringda faoliyatini ham davom ettirmoqda. Bahodir 2018 yilning 5 mayidan beri shu kunga qadar 12 ta jangda ishtirok etdi. Mustahkam himoya, kuchli texnika, o‘ta zalvorli zarbaga ega bokschimiz professional janglardagi barcha raqiblarini muddatidan oldin taslim qilgan.

Qamshibek Kunkabaev esa, Tokio Olimpiadasi bronza medalini qo‘lga kiritgan. Jahon chempionatlari ikki marotaba, Osiyo chempionatlarida esa to‘rt marotaba kumush medalga ega chiqqan.

Qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustasi professional ringda ham faoliyat olib bormoqda. U shu kunga qadar o‘z yurtida beshta jang o‘tkazib, barchasida g‘olib chiqdi, raqiblaridan to‘rttasini muddatidan oldin taslim qildi.

Buni faqat Chagaev uddalagan, endi navbat Jalolovga!

Britaniyalik ekspert: Jahon chempionati superfinalida Hasanboy Do‘smatov toj kiyadi!

Kuba boksi afsonasi: Eng zo‘ri Jalolov va u hali Tayson Fyuri, Usik va Joshua bilan to‘qnashadi!

O‘zbekiston g‘alabaga chanqoq!

Qozog‘istonlik bokschi jahon chempionatida Bahodir Jalolov g‘alabasiga ishonmoqda!

"Jahon chempionati-2023": O‘zbek bokschilari o‘zi uyida hech kimga “non” bermaydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!