Aspilikueta nega "Barsa"ga o‘tishni istamadi?
"Chelsi" jamoasi Sesar Aspilikueta bilan shartnomani uzaytirgani haqida xabar bergan edik. Futbolchi nega unga qiziqish bildirgan "Barselona"ga o‘tmaganini tushuntirib o‘tdi.
"Men "Chelsi"da, o‘z uyimda qolganimdan juda xursandman. O‘n yil davomida bu erda ajoyib davr o‘tkazdim.
Hozirda Londonda yangi loyiha amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda ishtirok etishni va klubimni shu paytda qo‘llab-quvvatlashni istadim.
Tedd Bouli ("Chelsi"ning yangi rahbari)ga ham alohida minnatdorchiligimni bildirib o‘tmoqchiman. U meni oldinda qiziqarli sarguzashtlar kutib turganiga ishontira oldi. Umid qilamanki, hali ko‘plab unutilmas lahzalarni birga baham ko‘ramiz", - dedi ispaniyalik qanot himoyachisi.
Fikrlar