"Astana Barysy Grand Slam". Sita Kadambaeva qozog‘istonlik raqibasini mag‘lubiyatga uchratdi

  • 10.05.2024 11:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabar berganimizdek, bugun Qozog‘istonning Astana shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir boshlandi.

Mukofot jamg‘armasi 154 000 evroni tashkil qiluvchi Barysy Grand Slam 2024 musobaqasida dunyoning 5 qit’asi 87 davlatidan jami 455 nafar (238 erkak, 217 ayol) dzyudochi ishtirok etadi. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasining 12 nafar dzyudochisi ham bor. 

Sita Kadambaeva (-52 kg:) ilk davrada qozog‘istonlik Balnur Abdeshovadan vazari bahosi evaziga ustun keldi.

Dastlabki bahsda Shukurjon Aminova -57 kg vazn toifasida ilk davrada turkiyalik Hasret Bozkurtni chiroyli ippon evaziga mag‘lubiyatga uchratgan edi. Endi u ikkinchi bosqichda xitoylik Qi Kaiga qarshi tatamiga chiqadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!